“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi

    Unga koʻra, 2024-yil 27-may kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

    Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.