Xalqaro atom energiyasi agentligi Oʻzbekistonni AES qurishga tayyor deb topdi

    Energetika 22 Iyul 2021 1516

    Xalqaro atom energiyasi agentligi komissiyasi oʻz tekshiruvlarini yakunladi. Komissiya Oʻzbekiston oʻz tarixidagi birinchi atom elektr stansiyasini qurishga toʻliq tayyor degan xulosaga kelgan.

    Tekshiruv davomida Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) komissiyasi inspektorlari atom energetikasi dasturining infratuzilmasini rivojlantirish jarayonini har tomonlama baholashgan, loyiha hujjatlari tayyorligini koʻzdan kechirishgan, obyektni muhofaza qilish va yadro qurollari tarqalishining oldini olish boʻyicha xavfsizlik choralarini ham tekshirishgan.

    Shundan soʻng tekshiruvchilar Oʻzbekiston oʻz tarixidagi birinchi atom elektr stansiyasini qurishga toʻliq tayyor, degan xulosaga kelishgan.

    Komissiyaga koʻra, AES qurilishi yuzasidan barcha ishlar rejaga muvofiq ketmoqda, shuningdek, xavfsizlikning barcha talablariga va atom qurolini tarqatmaslik prinsiplariga amal qilingan holda olib borilmoqda.