Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – bolalar shoiri Dilshod Rajab, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida mehmonlar kitobning bolalar hayotidagi oʻrni, sevimli asarlari va bolalik xotiralari haqida soʻzlab berishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida nomdor nashriyotlar ishtirokidagi kitob yarmarkalari va oʻquvchilarning bilimini sinash uchun qiziqarli savol-javob tarzidagi viktorina oʻtkazildi. Viktorinada savollarga toʻgʻri javob bergan bolajonlarga hokimlik tomonidan kitoblar ulashildi.
Feruza Xayrullayeva