Xabaringiz bor, 29 oktyabr` “Xalqaro animatsiya kuni” munosabati bilan Qozog'iston Respublikasi Turkiston shahrida 29-30 oktyabr` kunlari “AMEN-2021" ( International Animation Film Festival) an'anaviy xalqaro animatsion fil`mlar festivali bo'lib o'tgan edi. 

Unda Mazkur festivalda rejissyor Aziz  Muhammedovning “G'ildirakli uy” animatsiyasi festivalning “Gran pri” bosh sovrini bilan, “Sehrli tanbur” animatsiyasi “eng yaxshi badiiy echim” nominatsiyasi bo'yicha mukofotlandi.

Mazkur mul`tfil`mlarni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

“G'ildirakli uy” mul`tfil`mi, stsenariy muallifi Dmitriy Vlasov, postanovkachi rejissyor va rassom Aziz Muhammedov.

“Sehrli tanbur” mul`tfil`mi  (stsenariy muallifi Obid Asomov, postanovkachi rejissyor Aziz Muhammedov.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati