Bugun ertalab Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimi, oʻrinbosarlari va jamoatchilik vakillari forum ishtirokchilarini kutib olishdi.
Ikki kun davom etadigan forumda xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar, yoshlar parlamentlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda davlat muassasalarining 500 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etadi.