Xitoyning Shandong viloyati, Chingdao shahrida SHHT qishloq xo'jaligi nazorati qo'mitasi, Jinhe Tianrun Agriculture kompaniyasi va Namangan viloyati o'rtasida gilos etishtirish hamda dastlabki qayta ishlash bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Tianrun Agriculture kopaniyasi boshqaruv raisi Zeng TSi va Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov videoaloqa orqali mazkur shartnomani imzoladi. Xitoy qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozori assotsiatsiyasi prezidenti CHjan YUtsyang, SHandun viloyati va CHingdao shahri rahbarlari ushbu voqeaga guvoh bo'lishdi.

Gilos ekish va dastlabki qayta ishlash bo'yicha SHHT, Jinhe Tianrun Agriculture qishloq xo'jaligi kompaniyasi va Namangan viloyatining o'zaro aloqalari Xitoyning O'zbekiston Respublikasi bilan gilos etishtirishdagi yana bir muhim hamkorligidir. O'zbekiston gilos etishtiruvchi etakchi mamlakat bo'lib, bu ko'rsatkich bo'yicha dunyoda beshinchi egallaydi. Namangan viloyati esa quyoshli, yog'ingarchilik kam kuzatiladigan hudud bo'lgani uchun bu erdagi giloslar mazali va jahon bozorida raqobatbardosh hisoblanadi.

Namangan viloyati hokimi SHavkatjon Abdurazzaqov videoaloqa orqali CHingdao xalqaro qishloq xo'jaligi ko'rgazmasi ochilishi bilan tabrikladi va hamkorlikdagi loyihaga muvaffaqqiyat tiladi. Mazkur jarayon forum davomida ekranlarda namoyish etildi va ishtirokchilarning qiziqishiga sabab bo'ldi.

O'tgan yili ham To'raqo'rg'on giloslari Evropa bozorlarini zabt etgandi. London ulgurji meva bozoriga olib borilgan 500 ming dollarlik ilk partiya bir necha soatda sotilib ketgandi. Fundao shahri Portugaliyaning gilos poytaxti hisoblanadi. U erda har yili Xalqaro gilos festivali o'tkaziladi. Bu shaharda hamma narsa gilosga bog'langan. Gilos qayta ishlanib, o'n etti xil mahsulot ishlab chiqariladi. Festival ham o'ziga xos jozibadorlik ila o'tadi. Ayni paytda Viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan To'raqo'rg'onda Xalqaro gilos festivali o'tkazish Kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda.

Anvar IKROMOV,

“Namangan turizm” boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari