Xalqaro grand shartnomasi imzolandi

    Loyihaning maqsadi — chekka qishloq hududlardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik qo'nikmalarini rivojlantirish, bandligini ta'minlash hamda oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

    Avval xabar berganimizdek, bugun Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov, Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli hamda Yaponiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyamalar tomonidan “Oʻzbekistondagi qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Loyihaning maqsadi — chekka qishloq hududlardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik qoʻnikmalarini rivojlantirish, bandligini taʼminlash hamda oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Loyiha doirasida xalqaro grand shartnomasi imzolandi.

    “Oʻzbekistondagi qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yaponiya ijtimoiy rivojlanish fondining 2,728 mln AQSH dollari miqdorida grant mablagʻlari hisobiga 2021-2024-yillarda Fargʻona viloyatining Furqat, Soʻx, Yozyovon, Qoʻshtepa va Jizzax viloyatining Yangiobod, Baxmal, Forish, Zomin tumanlaridagi mahallalarda amalga oshirilishi moʻljallanmoqda.