May oyining 23-31 sanasida oʻtkaziladigan ushbu gullar bayramining joriy yilda 60 yillik yubileyi nishonlanadi.

Festival 2018-yilda xalqaro maqomini olgan boʻlib, har yili ushbu bayramga viloyatda katta taraddud koʻriladi. Bu yilgi bayramga ham tayyorgarlik doirasida minglab gulchilar, yuzlab meʼmor va landshaft-dizaynerlari badiiy kompozitsiyalar yaratish ustida mehnat qilmoqda.

Gul shaydolari va shaharga kelgan mehmonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Namangan filiali tomonidan bogʻda Wi-Fi hududlar tashkil etildi.

Gullar paradida barcha xohlovchilar avtomobillarini gul bilan bezatgan holda qatnashishi mumkin. Shuningdek, festival kuni shaharda Yoshlar xiyoboni ochiladi. Ayni paytda hudud turli xildagi gul kompozitsiyalari bilan oʻzgacha chiroy ochmoqda.

Festivalda Namanganga 300 ming mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda.

Hotam MAMADALIYEV olgan suratlar.