Festival davomida 30, 40 yildan buyon gulchilik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan bir nechta mehnatsevarlarni uchratdik. Ular orasida eʼtiborimizni oʻzining 1200 hildan ziyod kaktuslari bilan tortgan gulchi Moʻminov Bahromjonning soʻzlari bizni hayratga soldi:
– Bugungi kunda kaktuslarimning turi 1200 hildan ziyod. Bularning eng qarisi 61 yoshda. Ana oʻsha kaktusimni 100 millionga ham sotmayman, chunki u bebaho.
Festival davomida yana bir qancha gulchilar gullarining goʻzalligi bilan kelgan mehmonlarni hushnud qilishdi. Ular orasida 400, 300, 500 hildan ziyod gullarni parvarish qilayotganlar juda koʻp.