Unda viloyat faollari, martabali mehmonlar, chet el delegatsiyalari OAV vakillari va blogerlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov barchani goʻzallik bayrami bilan qutlab, ushbu anʼanalarni rivojlantirishdan maqsad, hududlarimiz salohiyatini koʻtarish, iqtisodiy va turizm potensialini oshirishdan iborat ekanligini taʼkidladi.
— Prezidentimizning tashabbus va tavsiyalari bilan bu festival xalqaro maqomga ega boʻldi. Koʻlami kengayib, dunyo miqyosiga koʻtarilgani nafaqat Namangan, balki butun mamlakatimiz ahlining gʻurur-iftixoriga sabab boʻlmoqda, — dedi viloyat rahbari.
Xalqaro tadbirda bir qator sanʼatkorlar badiiy chiqishlari barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.
Eslatib oʻtamiz, festival 5-iyungacha davom etadi.