Xalqaro hamkorlik istiqbollari yoʻlida

    Energetika 31 Mart 2022 1115

    Italiyaning “AC BOILERS S.p.A” kompaniyasi vakillari “Toshkent IES” AJda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida stansiyada boʻldi.

    Maʼlumki, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va Italiyaning “AC BOILERS S.p.A” kompaniyasi bilan oʻzaro kelishuv memorandumiga asosan Oʻzbekiston hududidagi issiqlik energetika obyektlari IES va IEM kombinatsion sikli modernizatsiyasi sohasida hamkorlik qilish belgilangan.

    Shu munosabat bilan kompaniya vakillari “Toshkent IES” AJda boʻlib, energobloklarning “ekologik toza” energoqurilmalaridan foydalangan holda quvvatlarini oshirish, modernizatsiya qilish ishlari bilan tanishdilar. Tashrif davomida 370 MVt li bugʻ-gaz qurilmasi va 5-energoblok ish jarayonlarini kuzatdi, deb xabar beradi “Toshkent IES” AJ matbuot xizmati.

    Maʼlumot oʻrnida, 24-26-mart kunlari birinchi Toshkent xalqaro forumi doirasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda “AC BOILERS S.p.A” kompaniyasi bilan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ oʻrtasida tizim korxonalarida “ekologik toza” energiya uskunalarini oʻrnatgan holda quvvatlarni oshirish boʻyicha memorandum imzolangan edi.