Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball toʻplagan yoshlarga xarajatlari toʻliq qoplab beriladi

    Ta'lim 14 Aprel 2021 1915

    Bu haqda Hukumatning tegishli qarori (209-son, 13.04.2021-yil) qabul qilindi.

    Xarajatlarni qoplashni soʻrab, imtihon topshirish paytida 31 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilishlari mumkin boʻladi.

    Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya mablagʻlari Xalq bankining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi. Kompensatsiyani Xalq banki filialidan naqd yoki naqd pulsiz shaklda olish mumkin.

    5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) boʻyicha kompensatsiyalar 2021-yil 1-maydan boshlab toʻlanadi, yana 13 ta imtihon tizimi boʻyicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan qoplanishni boshlaydi.

    Xalqaro imtihon tizimlarining roʻyxati va minimal ball (daraja) miqdori yuqoridagi ilovada berilgan.