Bunda, imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari roʻyxati tasdiqlangan. Mazkur roʻyxatga GMAT, IELTS, TOEFL, GRE, SAT kabi imtihonlar kiritilgan. Imtihon topshirish xarajati 2021-yil 1-maydan boshlab kompensatsiya qilinishi boshlaydi.
CAE, DAF, JLPT, HSK va boshqalar boʻyicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan boshlab kompensatsiya qilinadi.
Ariza beruvchi imtihon topshirish vaqtida 30 yoshga kirmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlishi mumkin.
Ishtixon xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi.
Ushbu davlat xizmatini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
Soʻrovnomaga imtihon topshirish xarajati toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov kvitansiyasi hamda maxsus sertifikat PDF shaklida ilova qilinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 15 kunda arizachining sertifikatini verifikatsiyadan oʻtkazadi.
Sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni boʻlmasa, Yoshlar ishlari agentligi 30 kunda maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni soʻrab xorijiy tashkilotga soʻrov yuboradi.
Ishtixon topshirish xarajati quyidagi talablarga javob berganda kompensatsiya qilinadi:
imtihonlarning biri yoki bir nechtasi boʻyicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun toʻplanishi lozim boʻlgan yuqori ball (daraja)ning minimal koʻrsatkichi yoki undan yuqori natija qayd etilganda;
maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun oʻtmasdan kompensatsiya toʻlashni soʻrab murojaat qilganda;
maxsus sertifikatda koʻrsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va toʻgʻriligi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanganda.
SMS-xabar orqali ijobiy javob olganidan soʻng, ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun oʻzi tanlagan Xalq bankining filialiga murojaat etishi kerak.