Xalqaro jinoyat sudi bosh prokurori Karim Xonning idorasi 27 noyabr`, chorshanba kuni Myanma qurolli kuchlari rahbari, ayni paytda mamlakat muvaqqat prezidenti Min Aun Xlaynni hibsga olish uchun order berishini so'rashini ma'lum qildi. U Myanma va Bangladeshdagi rohinja xalqini deportatsiya qilish va ta'qib qilish bilan bog'liq insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda, deb xabar beradi dw.com.
Bayonotda aytilishicha, prokuratura “keng miqyosli, mustaqil va xolis tekshiruvlar” olib borgan va Myanma va Bangladeshdagi rohinjalarni deportatsiya qilish va ta'qib qilish bilan bog'liq masalada Min Aun Xlaynni jinoiy javobgarlikka tortish uchun “o'rinli asoslar bor” degan xulosaga keldi.
Masala uch nafar sud`yadan iborat hay'at tomonidan ko'rib chiqiladi va ular ayblovlarning asosliligiga rozi bo'lish-bo'lmaslikni hal qiladi. Qaror qabul qilish uchun odatda uch oy vaqt ketadi, deya qayd etadi Reuters.