Xalqaro kitob koʻrgazmasi: qaysi kitoblarga qiziqish katta?

    Oʻzbekiston Belarusda boʻlib oʻtayotgan xalqaro kitob yarmarkasida 100 dan ortiq turli janr va yoʻnalishdagi kitoblarni namoyish ettmoqda.

    Oʻzbekiston Belarus poytaxtida boʻlib oʻtayotgan xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasida ishtirok etmoqda.

    Minsk shahrida “Chegaralarsiz kitob olami” XXX Minsk xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

    Anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan tadbirda bu yil 20 dan ortiq mamlakatdan kitob savdo, matbaa korxonasi, nashriyotlar, shu jumladan, Oʻzbekiston nashriyot va kitob savdo tashkiloti ishtirok etmoqda.

    Oʻzbekistondan 10 ga yaqin nashriyotning turli janr va yoʻnalishdagi 100 dan ortiq kitobi namoyish etilmoqda.

    Maʼlum qilinishicha, koʻrgazmada Togʻay Murod, Tohir Malik, Muhammad Yusuf kabi ijodkorlarning asarlariga alohida qiziqish bildirilmoqda. Shuningdek turizm, milliy taomlar, Oʻzbekiston tarixiga oid asarlar, jadidlar toʻplami, badiiy adabiyotlar va ularning dizayniga ham qiziqish bor. Minsk xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi 26-martga qadar davom etadi.