Joriy yilning 25-27-mart kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan “Zolotoy feniks” xalqaro tanlovida Toshkent shahridagi 3-, 7-, 10-, 12-, 15-, 24-, 27-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining estrada xonandalik, xoreografiya, tasviriy sanʼat hamda fortepiano sinfi oʻquvchilari tanlovning sovrinli oʻrinlariga ega boʻldilar.
Muxtarov Amirbek 3-oʻrin, Mirabdullayeva Omina 2-oʻrin, Nigmonova Yulduz 2-oʻrin, Jamoliddinova Afruza 1-oʻrin, Bashriloyeva Mehruza 1-oʻrin, Zafarova Gulzoda 1-oʻrin, Avezov Firdavs Gran-pri, 10-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining tasviriy sanʼat yoʻnalishi “Kolibri” jamoasi Gran-pri, Sohibjonov Samandar Gran-pri va tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari hamda Gran-pri sovrindorlari 25 ming rubl pul mukofotini qoʻlga kiritdilar.
Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilari yana bir bor oʻz istedodlarini namoyish etib, yurtimiz bayrogʻini yuqorilarga koʻtarishdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.