Xususan, bugun Navoiy shahridagi “NKMK tarixi” muzeyida korxona ishchi-xodimlari ishtirokida kombinat tomonidan oʻz faoliyati ochiqligini taʼminlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish zamonaviy tizimlarini joriy etish kabi masalalarga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masʼul xodimi M. Rasulov, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens-nazorat) boʻlimi boshligʻi Sh. Sagdullayev, “NKMK” AJ bosh direktori oʻrinbosari Q.Taparov hamda Komplayens xizmati boshligʻi R. Avezovlarning mavzuga oid maʼruzalari eshittirildi.
Kombinatda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash sohalarida 2024-yilning oʻtgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar xaqida hisobot berildi.
Shu bilan birga, joriy yilda kombinatning Markaziy apparati “SERT International” xalqaro sertifikatlovchi tashkilot tomonidan oʻtkazilgan ikki bosqichli tashqi audit yakuni boʻyicha ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standart talablariga muvofiqligi tasdiqlandi va xalqaro sertifikat qoʻlga kiritildi.
Bugungi kunda kombinat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaviy harakatlarni oldini olish va bartaraf etishga katta eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlab oʻtildi.
“NKMK” AJ Komplayens xizmati.
Reklama