To‘rtta davlat – Rossiya, Belarus, O‘zbekiston va Tojikistonning 150 dan ortiq sportchilari ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada “Vatanparvar” tashkiloti sportchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini egallab, umumjamoa hisobidan birinchi o‘rinni egalladi.

Jumladan, sportchilar tomonidan quyidagi natijalarga erishildi:

1. Shahboz Bafoyev: “S-9-A”-sinfida 1-o‘rin, “S-3-A” va “S-4-A”-sinflarida 3-o‘rin (Buxoro v.);

2. Farhod Bakiyev: “S-10”-sinfida 1-o‘rin (Samarqand v.);

3. Najmiddin Zaylidinov: “S-7”-sinfida 2-o‘rin (Namangan v.);

4. Isroiljon Ramataliyev: “S-7”-sinfida 2-o‘rin (Namangan v.);

5. Shamsiddin Bafoyev: “S-10”-sinfida 3-o‘rin (Buxoro v.);

6. Azizbek Turg‘unov: “S-7”-sinfida 3-o‘rin (Namangan v.).

Bundan tashqari, buxorolik murabbiy Shamsiddin Bafoyev “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti jamoasi ushbu sportchilarni samimiy muborakbod etib, kelgusida bundan-da yuksak yutuqlarga erishishlarini tilaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatining Korolyov shahrida yoshlar o‘rtasida sportning raketamodel turi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada sportchilarimiz umumjamoa hisobidan birinchi o‘rinni egallagan edi.

“Vatanparvar” tashkiloti bir qator xalqaro sport tashkilotlari, jumladan, Xalqaro aeronavtika federatsiyasi (FAI)ning to‘la huquqli a’zosi hisoblanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi

“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati