баннер
24 Mar 2025
05:18

    Xalqaro olimpiya qoʻmitasiga yangi prezident saylandi

    Zimbabvelik 41 yoshli Kirsti Koventri qoʻmita prezidentligiga sakkiz yillik muddatga saylandi.

    Bu haqda tashkilot sayti orqali maʼlum qilindi. U XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol boʻlib, shu yilning 23-iyun kuni vakolatlar topshirilganidan keyin ishga kirishadi.

    «Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi», degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.

    Sobiq suzuvchi Koventri ikki karra Olimpiada va yetti karra jahon chempioni, bir nechta jahon rekordlarini oʻrnatgan. Zimbabveda Koventri 2018-yildan beri sport vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. 2013-yildan beri u XOQ aʼzosi. Shuningdek, u 2017-yildan 2024-yilga qadar Xalqaro syorfing federatsiyasi vitse-prezidentli lavozimida ham faoliyat yuritgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech