Bu Hukumat qarori (700-son, 06.11.2025-y.) bilan tasdiqlangan “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda belgilangan.
Nizomga koʻra, pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi tomonidan pochta va kuryerlik joʻnatmalari bojxona koʻzdan kechiruvi hamda bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun bojxona organlariga taqdim etiladi.
Ushbu joʻnatmalar orqali olib kiriladigan va yuboriladigan tovarlar bojxona nazoratida tashish shartlariga rioya etgan holda manzil bojxona postiga yetkaziladi.
Joʻnatmalarni tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish, saqlash va boshqa shu kabi yuk operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlar pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi hisobidan qoplanadi.
Pochta va kuryerlik joʻnatmasi bojxona organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qoʻllagan holda “qizil”, “sariq” va “yashil” yoʻlaklar orqali roʻyxatga olingan joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.









