Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Interpol Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Interpol kanallaridan samarali foydalanish natijasida yirik miqdordagi firibgarlik hamda odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxslarning transchegaraviy harakatlari aniqlanib, ular Gruziya hududida qoʻlga olingan.

Keyinchalik, ikki davlat oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik va Interpol maydonlarida boʻlib oʻtgan uchrashuv hamda muzokaralar natijasida Toshkent va Tbilisi Milliy markaziy byurolari oʻrtasida qidiruvdagi shaxslarni Oʻzbekiston tomoniga topshirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining iltimosiga asosan, tergov materiallari oʻrganilib, Gruziya Adliya vazirligi tomonidan ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrov qanoatlantirilgan.

Ushbu shaxslar 27-dekabr kuni Tbilisi shahri aeroportida Gruziyaning vakolatli organlari tomonidan Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi vakillariga topshirilgan. Shundan soʻng ular Toshkent shahriga olib kelinib, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tegishli tartibda IIB xodimlariga topshirilgan.