Unda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Qodirxonova, Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Gulnora Maʼrufova, qator vazirlik va idora vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida yurtimizdagi ijodkor qizlar ishtirokida mushoiralar, iqtidorli qizlarning turli sohalarda yaratgan ijod namunalari, ixtirolari, milliy liboslar namoyishiga oid turli koʻrgazmalar boʻlib oʻtdi.

Shu bilan birga, tadbirda “Qizlarjon klubi” hamda “Bibixonim maktablari”ning amaliy mashgʻulotlari tashkil etildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvlarda qizlar uchun zarur maʼlumotlar, oʻqish va hayotda oʻz oʻrnini topish, shuningdek, oilaviy munosabatlarni shakllantirishda kerak boʻladigan muhim fikrlar oʻrtaga tashlandi.

Tadbir davomida qizlarning turmush yoʻllarida turli qiyinchiliklarga tushib qolishini oldini olish maqsadida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, qizlarni hayotga tayyorlash boʻyicha aniq tavsiya va choralar bildirildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.