BMTning kuz oylariga rejalashtirilgan oziq-ovqat tizimlari Sammitiga tayyorgarlik doirasida birinchi submilliy dialog o'tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) manfaatdor vazirliklar va davlat idoralari, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahridagi xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Dialog ishtirokchilari hozirda mavjud oziq-ovqat tizimlarining holati, tadbiq etish zarur bo'lgan  o'zgarishlar, shuningdek, manfaatdor tomonlarning hamkorlik masalalari va qo'shma tadbirlar, o'zaro qo'llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish masalalari hamda oziq-ovqat tizimlari barqarorligi uchun doimiy ta'lim va axborot almashinuvi tizimi tsiklini tashkil etish bo'yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Turli guruh vakillari bo'lgan ishtirokchilar milliy oziq-ovqat tizimlarining barqarorligini rivojlantirishda o'zlarining ishtirok etish darajasini aniqlashlari va kerak bo'lsa, javobgarlik sohalarini belgilashlari uchuk noyob imkoniyat yaratiladi.

— Milliy dialoglar orqali ishlab chiqiladigan g'oyalar, yechimlar va qo'shma harakat rejalari yaqinlashib kelayotgan Sammit muvaffaqiyatining kalitidir. Oziq-ovqat tizimida har birimizning o'z o'rnimiz bor va ularni kerak bo'lganda ishlashini ta'minlash barchamizning mas'uliyatimizdir. Faqatgina birlashish orqali biz dunyoga ochlik, qashshoqlik va hech kimni unutmagan holda ushbu muhim vazifani hal qilish uchun o'z hissamizni qo'sha olamiz. Koronavirus pandemiyasi asoratlari ta'siriga moslashish davom etayotgan bir paytda, yaqinlashib kelayotgan Sammit oziq-ovqat tizimlarining inqirozi natijasida aniqlangan eng zaif yerlariga e'tiborni qaratishga va ushbu tizimlarni barchaning ehtiyojlariga javob beradigan tarzda qayta tiklashga imkon beradi, — ta'kidladi FAOning O'zbekistondagi valkili o'rinbosari Sherzod Umarov.

Oziq-ovqat tizimlari bo'yicha sammitga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha BMTga a'zo davlatlar tomonidan o'tkaziladigan dialoglardan kutilgan natijalar 2030-yilga qadar Barqaror rivojlanish bo'yicha kun tartibiga muvofiq barqaror milliy oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish imkoniyatini beradi.

Joriy yilning 26-may kuni O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) 2021-yilning sentyabr oyida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi bilan parallel ravishda o'tkaziladigan Oziq-ovqat tizimlari bo'yicha BMT Sammitiga tayyorgarlik doirasidagi birinchi Milliy dialogga tashkilotchilik qilgan edi. Keyingi submilliy dialog 17-iyun kuni Namangan shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Kuzda bo'lib o'tadigan Global Sammit Barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha progressga erishishga qaratilgan harakatlarning debochasiga aylanishi kutilmoqda, ularning har biri ma'lum darajada yanada sog'lom, barqaror va adolatli ishlaydigan oziq-ovqat tizimlariga bog'liq bo'lib, beshta maqsadni ko'zlaydi:

  • barcha xavfsiz va to'yimli oziq-ovqatga ega bo'lishini ta'minlash;
  • oqilona iste'molga o'tish;
  • ekologik oqilona ishlab chiqarishni rag'batlantirish;
  • teng yashash sharoitlarini targ'ib qilish;
  • zaiflik, zarbalar va stresslarga qarshi tura olishni ta'minlash.