“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-219-son, 07.07.2025-y.) qabul qilindi

    Xavfsizlik 9 Iyul 2025 5445

    Qarorga koʻra, 2010-yil 10-dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish toʻgʻrisidagi shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.

    Bayonnoma 2024-yil 18-oktyabrda Moskva shahrida imzolangan.

    Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.