Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi readmissiya toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi

    Hujjatlar 9 Iyul 2025 748

    “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-220-son, 08.07.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Hukumati va Fransiya Hukumati oʻrtasidagi readmissiya toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

    Mazkur bitim 2025-yil 12-martda Parij shahrida imzolangan.

    Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.