Mazkur Bitim, 2023-yil 13-oktyabr kuni Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan.
Adliya vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.