Bunda sport tashkilotlarining shaffofligi, ommaviyligi, rivojlanish tamoyillari, faolligi va boshqa muhim jihatlari inobatga olinib, ular “A” “B” va “S” tizimida saralandi. Reying tizimidan yozgi olimpiya o‘yinlaridan o‘rin olgan biron bir sport turi chetda qolmadi. Faqat boks sport turining xalqaro tashkiloti — AIBA ushbu reytingga jalb qilinmadi. Shuningdek, xalqaro karate federatsiyasi ham reytingda ishtirok etish xohishini bildirmadi.

Xalqaro sport federatsiyalarning faoliyatidagi barcha jihatlar inobatga olingan ushbu reyting Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a'zolari ishtirokida o‘tkazildi.

“A-1” toifasida kuchli oltilikni BWF (badminton), FEI (ot sporti), FIFA (futbol),  ITF (tennis), UCI (velosport), IRB (regbi) egalladi.

“A-2” toifasida esa basketbol, qilichbozlik, triatlon, erkin-yunon rum kurashi, yengil atletika, parus sporti, taekvondo sport turlarining xalqaro federatsiyalari qayd etildi.

“V” tasnifidan esa gimnastika, xokkey, greblya, voleybol, golf, gandbol, o‘q otish sporti, beshkurash kabilar joy olishgan bo‘lsa, “S” guruhida dzyudo, serfing, og‘ir atletika, beysbol ko‘rinish berishdi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi mas'ullarining bildirishicha, o‘tgan yillardagi reyting bu qadar haqqoniy va shaffof o‘tkazilmagani oqibatida xalqaro sport jamoatchiligi tomonidan turli e'tirozlarga sabab bo‘lgandi. Bu yaqin o‘tmishda og‘ir atletika, boks kabi sport turlarining xalqaro tashkilotlarida ro‘y bergan noxush holatlarning kelib chiqishiga olib kelgandi.

To'lqin RO'ZIEV.