Mazkur olimpiadada mamlakatimiz yoshlari O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas'ullari bilan birgalikda ilk bora ishtirok etmoqda.

Yurtimiz sharafini himoya qiladigan o'quvchilar bilan tanishing:

Umar Azimov, 10-sinf o'quvchisi;

Javlon Hasanov, 11-sinf o'quvchisi;

Islom Boyqulov, 11-sinf o'quvchisi;

Diyoraxon Mahmudova, 10-sinf o'quvchisi;

Ibrohim Ismoilov, 10-sinf o'quvchisi;

Asliddin Olimjonov, 11-sinf o'quvchisi.

Ma'lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo bo'ylab o'rta maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladi.

Turnir 2014-yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda o'tkazilgan bo'lib, 2015-yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan.