Tadbir Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vazirligi  tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Turkiya, Angliya, Shvesiya, Estoniya kabi 10 dan ortiq mamlakatlardan 1 520 nafar o‘quvchi 11 ta yo‘nalishda raqobatlashish uchun ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida STEAM va robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi nomidan 9 nafar 4-11-sinf o‘quvchilari 3 ta yo‘nalishda qatnashmoqda.

Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad — yangi g‘oyalarni amalga oshirish, innovasion yechimlarni o‘rganish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ular o‘rtasida yangi hamkorlik uchun sharoit yaratishdir.