Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining, tabiatni muhofaza qilish va ekotizimlarni tiklash boʻyicha yetuk bilim va tajribasidan foydalanilgan holda Tabiatga asoslangan yechimlarni (Nature based solutions) integratsiya qilish, Global ekologik jamgʻarmasi 8-dasturi doirasida bioxilmaxillikni muhofaza qilish, aholi xabardorligini oshirish masalalari muhokama etildi.

Shu bilan bir qatorda  Xalqaro iqlim tashabbusi mablagʻlarini jalb qilgan holda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash, bioxilmaxillik turlarini boshqarish, shuningdek inson va atrof-muhit salomatligini taʼminlash boʻyicha Ittifoq bilan qoʻshma loyihalar portfelini kengaytirish va keyinchalik Oʻzbekistonda mazkur tuzilmaning vakolatxonasini ochish imkoniyatlari ham koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Orolboʻyi mintaqasida ekologik holatni barqarorligini taʼminlashda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli saʼy harakatlar, jumladan yashil qoplamlarni kengaytirish, hududdagi noyob ekotizimlarni tiklash va muammolarni bartaraf etishda ilmiy yondashuv asosida hamkorlikni kengaytirishga toʻxtalib oʻtildi, deb xabar beradi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatimiz Xalqaro tabiatni muhofaza qilish Ittifoqi safiga qoʻshilgan 92chi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi davlat boʻldi.