Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Moliya 23 Aprel 2024 790

    Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kelishuvlarining IV moddasi boʻyicha navbatdagi maslahatlashuv missiyasi doirasida Yassir Abdix boshchiligidagi XVJ delegatsiyasi Markaziy bank rahbariyati bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda mamlakatimizdagi soʻnggi iqtisodiy oʻzgarishlar, amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati, bank sektoridagi bugungi vaziyat kabi masalalar muhokama etildi.

    Xususan, Markaziy bank rahbariyati tomonidan joriy makroiqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, pul-kredit hamda makroprudensial siyosatdagi soʻnggi oʻzgarishlar haqida maʼlumot berildi.

    Mazkur missiya doirasida XVJ vakillarining qator vazirlik va idoralar, shuningdek, tijorat banklari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi kutilyapti, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.