Xalqaro xotin-qizlar kuni qachondan nishonlana boshlagan?

    8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida bayram qilinishiga bir fojiali holat sabab boʻlgan.

    Dunyo mamlakatlarida maxsus kunlar mavjud boʻlib, ular biror voqea tufayli qabul qilinadi. Jumladan, 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida bayram qilinishiga bir fojiali holat sabab boʻlgan.

    1857-yilning 8-mart kuni Amerikaning Nyu-York shahridagi poyabzal va tikuv fabrikasining 40 mingdan ortiq ishchilari mehnat sharoiti yaxshilanishini talab qilib, ish tashlaydi. Fabrika boshqaruvchilari namoyishda ishtirok etgan ayollarni korxona binosiga qamab qoʻyadi. Ayollar va qizlar qamalgan binoda yongʻin sodir boʻlib, olov ichida qolgan 129 nafar ayol vafot etadi. Bu voqea butun mamlakatni larzaga soladi.

    Yongʻin oqibatida hayotdan koʻz yumgan ishchi-ayollar xotirasi uchun Amerikada ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga aʼzo boʻladilar.

    1891-yildan ushbu sana Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlana boshlaydi. 1910-yil BMTning Kopengagenda oʻtgan xalqaro konferensiyasida 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi bildiriladi.

    Keyinchalik koʻpgina mamlakatlarda ayollarning faollashuvi boshlandi, ular mehnat huquqi va hurmatiga ega boʻlish, kambagʻallikka qarshi kurash hamda tinchlik uchun kurash olib borishdi. 1965-yildan esa bu sanada dam olish kuni eʼlon qilinib, hukumatlar tantanali tadbirlarda ayollarga nisbatan davlat siyosatining amalga oshirayotgan ishlari toʻgʻrisida hisobot berishga kirishdi. Asta-sekin Xalqaro xotin-qizlar kunini ayollarning oʻz huquqlarini talab qilganliklari uchungina emas, balki ularni qadrlash, hurmat qilish va eʼzozlash kuni sifatida ham bayram qilish anʼanaga aylandi.

    Gulchehra Beshimova,

    Samarqand davlat universiteti talabasi