Xalqaro yozgi maktab tinglovchilari Markaziy Osiyoning barcha davlatlari, shu jumladan, afgʻonistonlik talabalarni oʻz ichiga oladi. Mazkur oʻziga xos tajriba maktabi talabalarning Markaziy Osiyo mintaqasi hududida qoʻllanadigan bilimlari va koʻnikmalarini mustahkamlashga, ular oʻrtasida dialog uchun platforma yaratishga qaratilgan.
Xalqaro yozgi maktabning ochilishi marosimida yana bir quvonchli voqea, institutda “Suv resurslarini integral boshqarish (SRIB)” laboratoriyasining ochilishi boʻlib oʻtdi. Bu yil uchinchi marta oʻtkazilayotgan Xalqaro yozgi maktabi hamda nafaqat Oʻzbekiston, balki mintaqa uchun ham nodir hisoblanadigan yangi SRIB laboratoriyasi TIQXMMIning “Suv taʼlimi va hamkorlik (SMART WATER)” loyihasi bilan hamkorlik natijasi hisoblanadi.
Xalqaro yozgi maktabning ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbirda TIQXMMI rektori professor U.Umurzakov, AQSHning Oʻzbekistondagi muxtor va favqulodda elchisi Deniyel Rozenblyum, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari U.Begimqulov va boshqalar ishtirok etdi.
Xalqaro yozgi maktab ikki hafta (17-28-avgust) davom etadi.