Xalqimiz qalbiga abadiy muhrlangan buyuk siymo

    Bilasizmi? 6 Noyabr 2021 1644

    Bugun Sharof Rashidov bobomizning tavallud topgan kunlari(1917-yil 6-noyabr – 1983-yil 31-oktyabr). Bobomizning 104 yilligi keng nishonlanyapti.

    Tarix – haqiqat chirog‘i, tirik xotira. Sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz hayotida ro‘y bergan sinovlar bugungi avlodlar uchun katta saboq bo‘lib xizmat qilishiga shubha yo‘q.

    Xalqimiz el-yurt uchun jon kuydirib ishlagan, shu ulug‘ yo‘lda umrini tikkan farzandlarini hamisha e’zozlagan. Mustaqillik arafasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov jasorati bilan haqiqat qaror topgani – «paxta ishi», «o‘zbeklar ishi» degan tamg‘alar bilan ayblanib, nohaq qamalgan yuzlab insonlar, jumladan, Sharof Rashidov nomining oqlanishi buning yaqqol isbotidir.

    Oradan yillar, asrlar o‘tadi. Sharof Rashidovning O‘zbekistonimiz, xalqimiz uchun qilgan fidoyi xizmatlarini, halol va pokiza nomini el-yurtimiz hyech qachon unutmaydi. Yaqin o‘tmishimizdagi juda murakkab, og‘ir va tahlikali yillarda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, taqdir sinovlaridan munosib o‘tib, o‘z vazifasini sharaf bilan ado etgan Sharof Rashidov qismati barchamizni mustaqillikning qadriga yetishga, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga undaydi.

    Abdulaziz Xujakov,

    Xalq deputatlari

    Jizzax shahar Kengashi deputati

    O‘zLiDeP azosi.