Mukofot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasining “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishonini qoida tariqasida har yili “Xalqaro doʻstlik kuni” – 30-iyul hamda “16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni” arafasida topshiriladi.

“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi komissiyasining xulosasi asosida amalga oshiriladi.

“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.