Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 29 Iyul 2022 6782

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    Mamlakatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni saqlash hamda rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada kengaytirish, Yangi O‘zbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «Mehnat shuhrati» ordeni bilan

    Usmanov Nail
    Kayumovich

    -

    «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi dotsenti

    Sharofidinov
    Suvxidin

    -

    So‘x tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Farg‘ona viloyati

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Avazov Ergash Xidirberdiyevich

    -

    Respublika turkman milliy madaniy markazining Surxondaryo viloyati bo‘limi raisi

    Adjiosman Zakir Sabriyevich

    -

    Toshkent shahridagi «Avdet» qrim-tatarlar
    milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari

    Adilbayev
    Janabay

    -

    Qorao‘zak tumanidagi «Quralpa» ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Blumxardt
    Aleksandr

    -

    «Knauf» kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha hamkor boshqaruvchilari bosh vakili

    Veysalov Rasul

    Latifovich

    -

    Sirdaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Sirdaryo viloyati

    Volodin Andrey

    Yakovlevich

    -

    O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Namangan viloyati bo‘limi raisi

    Gechu Sergey
    Viktorovich

    -

    «O‘zbekiston metallurgiya kombinati»
    aksiyadorlik jamiyatining 2-navli prokat sexi elektr uskunalarini ta’mirlash ustasi,
    Toshkent viloyati

    Yevtushenko Olga Anatolevna

    -

    Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Alternativa kommunal plus» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi,
    Toshkent shahri

    Yog‘mirov Davlat

    Cho‘liyevich

    -

    Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari

    Iskenderov Usen Mutalipovich

    -

    O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markazi raisi

    Kim Antonina
    Ye-Senovna

    -

    O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi raisi

    Kuliyeva Minsilu Mavletbayevna

    -

    Toshkent shahri boshqird milliy madaniy markazining boshqird-tatar guruhi xonandasi, shoira

    Li Xiangrun

    -

    Samarqand shahridagi «Azia Metall Prof» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

    Mamedov Eldar
    Kismir-ogli

    -

    Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining boshqaruv kengashi a’zosi

    Miller Valentina Aleksandrovna

    -

    «Wiedergeburt» O‘zbekiston nemis milliy madaniy markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi

    Mityuleva Valentina Vadimovna

    -

    «Gidroproyekt» aksiyadorlik jamiyatining gidrotexnika bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahri

    Nazilov Dodo

    -

    Respublika tojik milliy madaniy markazining boshqaruv kengashi a’zosi

    Narinbetov Turexan Kanatovich

    -

    O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazining Navoiy viloyati bo‘limi raisi

    Nosirov Obidjon Xamidovich

    -

    O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazining Andijon viloyati bo‘limi raisi

    Ragimova Mexriban Ziyadxan kizi

    -

    Mirobod tumanidagi «Temiryo‘lchilar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

    Xaimov Mier

    Raxmanovich

    -

    G‘allaorol tumanidagi «G‘allaorol kaliy fosfat» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,
    Jizzax viloyati

    Shelyakina Lyudmila Konstantinovna

    -

    Toshkent shahridagi «The Big Smart Trade»

    mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh hisobchisi

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Aslanova Yelena
    Yurevna

    -

    Samarqand viloyati gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining katta murabbiysi

    Monich Nadejda

    Moiseyevna

    -

    «Svetlitsa polska» O‘zbekiston polyak milliy madaniy markazining Buxoro viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari

    «Shuhrat» medali bilan

    Qalandarova Matluba Xamidovna

    -

    Do‘stlik tumanidagi «Manaslik chevarlar»

    mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,
    Jizzax viloyati

    Musabekov Baxtiyar Tursunbayevich

    -

    «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» lokomotiv deposi chilangari, Toshkent viloyati

    Tleumuratov
    Kuanishbay
    Bazarbayevich

    -

    «Uzbekistan GTL» mas’uliyati cheklangan jamiyatining sintetik gaz ishlab chiqarish
    sexi boshlig‘i

    Soy Lyutsiya
    Andreyevna

    -

    O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining
    oliy toifali orkestr artisti

    O‘zbekiston Respublikasi

    Prezidenti Sh.MIRZIYOEV

    Toshkent shahri,

    2022 yil 29 iyul