Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 29 Iyul 2023 6483

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, Yangi O‘zbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, shuningdek, turli sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Allaberganov Bekman - Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Altunina Larisa Mixaylovna - O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Olmaliq shahar bo‘limi raisi, Toshkent viloyati

    Bayjanov Yaxshibay Abadovich - «Tuyamo‘yin gidroelektrostansiyasi» unitar korxonasining turbina sexi elektrogaz payvandchisi, Xorazm viloyati

    Balayeva Sevil Alislam kizi - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining Navoiy viloyati bo‘limi raisi

    Dovgun Oksana Ivanovna - «Slavutich» Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari

    Duras Eleni Anastasios - Toshkent shahar grek madaniyati jamiyati boshqaruv kengashi a’zosi

    Yembergenova Gulnara Sabirbayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Orol oltin merosi» jamoat birlashmasi rahbari

    Isxakov Abram Borisovich - Buxoro yahudiylari jamiyati raisi, Buxoro viloyati

    Kapadze Taxir Vasilevich - Farg‘ona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi

    Karipova Raliya Talgatovna - Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi

    Kravchenya Gennadiy Nikolayevich - Termiz shahridagi «Geniy-Termiz» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Surxondaryo viloyati

    Markaryan Garik Muradovich - Samarqand shahar «Luys» arman milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi

    Maxkamova Riskiniso Zoidovna - Chust tumanidagi «Andalus agro dunyo» fermer xo‘jaligi pillachisi, Namangan viloyati

    Maxmudov Erkin Kasimovich - O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari

    Nazarova Bozor - Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati bo‘limi a’zosi

    Olloberdiyev Muqumboy Mavlonovich - Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi

    Razmadze Vladimir Georgiyevich - «Megobroba» Toshkent shahar gruzin madaniyat markazi boshqaruv kengashi a’zosi

    Smesova Yekaterina Aleksandrovna - O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Andijon viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari

    Topchiyev Jamolidin Sotiboldiyevich - Xonobod shahridagi «Xidirsha» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati

    Fazilova Klara Bayburiyevna - O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi

    Xan Margarita Lyurevna - O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining «Koryo» ansambli badiiy rahbari

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Kogay Marina Aleksandrovna - O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi raisi

    «Shuhrat» medali bilan

    Daukayeva Ilvira Gamirovna - Bektemir tumanidagi 30-bolalar musiqa va san’at maktabining aktyorlik mahorati bo‘yicha o‘qituvchisi, Toshkent shahri

    Lopatin Sergey Mixaylovich - «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy ishlab chiqarish sexi mexanigi, Buxoro viloyati

    Xutova Kulina Mudalifovna - Zafarobod tumanidagi «Chimqo‘rg‘on» qishloq fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati

    Ergasheva Maxbuba Xotambekovna - Samarqand davlat universitetining falsafa va milliy g‘oya kafedrasi dots.nti, Samarqand viloyati

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.MIRZIYOЕV