Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 30 Iyul 2021 8297

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    Mamlakatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarning o‘ziga xosligini saqlash hamda rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, davlatimizning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

    Djabbarov Raxmatulla Mamatovich - Respublika qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi

    Pak Viktor Nikolayevich - Respublika koreys milliy madaniy markazi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi

    Yusupov G‘ulamzakir Yesenovich - «Nurlы jol» gazetasi bosh muharriri

    «Mehnat shuhrati» ordeni bilan

    Aytjanov Uzakbay Yechanovich - Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Akopdjanova Galina Alekseyevna - Farg‘ona viloyati rus milliy madaniy markazi raisi

    Babayev Boris Raximovich - «Kultura.uz» veb-sayti bosh muharriri

    Boyko Vladimir Fedorovich - «Slavutich» Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisi

    Jalmenov Ulikbek Abilayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi

    Kapanadze Vaxtang Irakliyevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi «Zarafshon» qurilish-montaj boshqarmasi boshlig‘i

    Kurbanov Orazmirat Rejepovich - Respublika turkman milliy madaniy markazi raisi

    Kurbanov Rustambek Djavdatovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi

    Nabiullin Rishat Xismatullovich - Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy markazi raisi

    Pashayeva Gulnisa Firuzovna - Mirzacho‘l tumanidagi «Rasim Iroda» biolaboratoriyasi mudiri, Jizzax viloyati

    Salomov Abduxalim - Shahrisabz tumanidagi «G‘elon» qishloq fuqarolar yig‘inining nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Qashqadaryo viloyati

    Setyan Martin Varazdatovich - Respublika arman milliy madaniy markazi raisi

    Usenov Serikbay Nazarovich - Respublika qozoq milliy madaniy markazi raisi

    I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Kim Lidiya Romanovna - Nukus shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Alimxodjayeva Tatyana Sergeyevna - Respublika rus milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari

    Musurmanova Yuliya Yurevna - Yangiyer shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

    II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

    Juginisova Janar Yesenovna - Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasining Jasliq davolash profilaktika muassasasi hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Shukurov Abduxakim Abduraximovich - Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasining 69-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Surxondaryo viloyati

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Abdullayev Ilxam Yusif ogli - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi faoli

    Avezdurdiyeva Guldana Xaldurdiyevna - Respublika turkman milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari

    Babitskaya Vera Yakovlevna - Angren shahri belorus milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

    Batbayev Zaripboy Tursinbayevich - «O‘zbekgeofizika» aksiyadorlik jamiyatining «Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi» filiali Ustyurt kon geofizika partiyasi guruh boshlig‘i

    Gunova Nataliya Konstantinovna - Muxtor Ashrafiy muzeyi direktori

    Guseynov Firdusi Fagatovich - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi raisi

    Djanibekova Nodira Abdusalomovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi, Sirdaryo viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi

    Ikromov Tadjibay Chimirovich - «Ovozi tojik» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari

    Kompolshik Yelena Aleksandrovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi

    Mamatrizayev Nematillo Asatovich - «Buxoro qorako‘li» uyushmasi raisi, Buxoro viloyati

    Mironova Yelena Anatolevna - «Wiedergeburt» Respublika nemis milliy madaniy markazi raisi

    Vikentiy – Morar Viktor Aleksandrovich - Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiya mitropoliti

    Nabiyeva Fina Xaziaxmitovna - Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari

    Savurov Mane Davurovich - Toshkent shahar dungan milliy madaniy markazi raisi

    Skuridin Oleg Stanislavovich - «Svetlitsa polska» Respublika polyak milliy madaniy markazi raisi

    Subxanova Gulandam Subxanovna - Respublika tojik milliy madaniy markazi raisi

    Fazilov Karim Shamanovich - Sirdaryo tumanidagi «Birdamlik» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

    Filippova Lyudmila Vladimirovna - «Maksam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyatining Madaniyat saroyi direktori o‘rinbosari, Toshkent viloyati

    «Sog‘lom turmush» medali bilan

    Abjamilova Erkinay Abdusattarovna - Xonobod shahridagi «Altin Ordo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

    Grishina Lyubov Vasilevna - Chinoz tumani rus milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

    Kamalova Nazifa Mirzaliyevna - «Istiqlol avlodi» ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari, Jizzax viloyati

    «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

    Aldabergenov Kayrat Tutkaboyevich - Tomdi tumani hokimi, Navoiy viloyati

    Kim Vyacheslav Vladimirovich - Andijon viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi

    Pekos Oleg Andreyevich - O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

    Shukurov Gayratulla Samikovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi matbuot kotibi – raisning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

    «Shuhrat» medali bilan

    Abduraxmonova Arzikul Mirzaraimovna - Chirchiq shahridagi «So‘g‘diyon» tojik milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

    Ametova Darigul Barlikbayevna - Mo‘ynoq tumanidagi «Tik o‘zyak» ovul fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Borovikova Anastasiya Dmitriyevna - «Pravda Vostoka» gazetasi katta muxbiri

    Didarov Dauletmirat Arazquliyevich - Hazorasp tumanidagi «Sarimoy» qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Xorazm viloyati

    Ismoilov Baxtiyor Abdusattarovich - Paxtaobod tumanidagi «Sarvinoz parvoz» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati

    Ishmakov Shamil Nailevich - Namangan shahridagi xususiy tadbirkor, Namangan viloyati

    Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Milliy simfonik orkestri bosh dirijeri

    Kayumov Rustam Mirjalilovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinist-murabbiysi

    Korsunova Tatyana Semenovna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining faxriylar kengashi faoli

    Kuvvatov Normurod Mamatmurodovich - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «Alan» koni ustasi, Qashqadaryo viloyati

    Murzametova Marina Ravshanovna - Yunusobod tumanidagi «Ahilobod» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

    Ramazanov Ebazer Seytxaliyevich - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Qalmoqir kon boshqarmasi «Yoshlik-1» kareri ekskavator mashinisti

    Saradjanova Anjelika Arturovna - Samarqand shahridagi «Marhabo» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati

    Safoyev Baxodir Akparaliyevich - So‘x tumanidagi «Sarikanda» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Farg‘ona viloyati

    Tatarenko Tamara Pavlovna - Samarqand viloyati «Polonez» polyak milliy madaniy markazi raisi

    Tovstonog Andrey Grigorevich - «O‘zavto Motors Pauertreyn» aksiyadorlik jamiyatining quyish sexi ustasi

    O‘zbekiston Respublikasi

    Prezidenti Sh.MIRZIYOEV

    Toshkent shahri,

    2021 yil 30 iyul