Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Safiya Burxanova 13.87 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida T13 klassida 100 metr masofaga yugurish bahslarida hamyurtimiz Doniyor Ahmedov 11.35 soniya natija bilan marraga 3-bo‘lib yetib keldi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Para-taekvondo bahslarida ayollar o‘rtasida -48 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan hamyurtimiz Ziyoda Isoqova kumush medalga sazovor bo‘ldi, erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sanjar Muxtorov bronza medalga ega chiqdi.
Shu bilan birga, Para-dzyudo bellashuvlarida ham dastlabki medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Ayollar o‘rtasida J2 klassida -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Lobar Hurramova yakunda bronza medalini delegatsiyamiz foydasiga hal qildi. Erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida ikki hamyurtimiz o‘zaro bahs olib bordi. Yakunda esa Kemran Nurilloyev oltin, Sherzod Namozov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.