Xususan, Majburiy ijro byurosi Xatirchi tuman boʻlimi tomonidan aliment toʻlovidan 42 mln. soʻm miqdorda qarzdorligi mavjud boʻlgan   5 nafar otalarga nisbatan toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudiga yuborilgan.

Mazkur sud tomonidan 28.10.2021-yilda 5 nafar otalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-4-moddasida nazarda tutilgan xuquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ularning 4 nafariga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan va 1 nafari javobgarlikdan ozod qilingan.

Misol uchun, fuqarolik ishlari boʻyicha Karmana tumanlararo sudining 17.09.2014-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.Maqsudovdan D.Gʻaniyevaning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻlim ish yurituvida mavjud boʻlib, joriy yilning oktyabr oyiga qadar  A.Maqsudovning aliment toʻlovlaridan qarzdorligi 18.471.656 soʻmni tashkil qilib, ushbu qarzdorlikni toʻlvshdan boʻyin tovganligi sababli, sudning qaroriga asosan A.Maqsudovga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, fuqarolik ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudining 17.02.2021-yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor A.Abdullayevdan undiruvchi M.Sobirovaning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun 1/3 qism miqdorida yigʻilib qolgan 6.567.495 soʻmni qarzdorlikni toʻlashdan boʻyin tovlab kelganligi sababli, qarzdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudiga yuborilib, qarzdor sud majlisida mavjud qarzdorlikni toʻliq toʻlaganligi sababli javobgarlikdan ozod qilingan.

MIB Xatirchi tumani boʻlimi

boshligʻi  Nazir Gʻafforov