Osmon jismining uzunligi 244 metr bo'lib, tezligi soatiga 42 480 kilometrga yetadi.
Undan Yergacha bo'lgan masofa 5,48 million kilometrni tashkil etadi.
Astronomlarning fikriga ko'ra, agar asteroid Yerga 7,4 million kilometrdan yaqinroq masofada yaqinlashsa va uning o'lchami 150 metrdan oshsa, NASA uni “potensial xavfli obyekt” deb hisoblaydi, deb xabar beradi korrespondent.net.