2025-yil 22-iyun, yakshanba kuni potensial xavfli deb tasniflangan 2003 AY2 asteroidi Yerga yaqinlashadi. Bu haqda NASA reaktiv harakat laboratoriyasi (JPL) xabar berdi.
Astronomlarning hisob-kitoblariga ko'ra, obyektning uzunligi taxminan 393 metrni tashkil etadi – bu 100 qavatli osmono'par bino bilan deyarli bir xil. Asteroidning Yerga eng yaqin uchib o'tadigan masofasi deyarli 5,43 million kilometrga teng.
Bir qarashda bu masofa katta ko'rinsa-da, NASA tasnifiga ko'ra, 7,5 million kilometrdan kamroq masofada yaqinlashadigan va 150 metrdan kattaroq bo'lgan barcha obyektlar potensial xavfli hisoblanadi, deb xabar beradi korrespondent.net.
2003 AY2 asteroidi ushbu ikkala mezonga ham to'g'ri keladi, ammo olimlarning fikricha, hozirgi paytda uning Yer bilan to'qnashishi bilan bog'liq hech qanday xavf yo'q.









