Xavfli dori vositalari ushlab qolindi

    “Q.S.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi A.R. hech qanday hujjatsiz 40 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro N.R.ga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 60 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.S. jami 173 dona “Zardeks” va “Fenobarbital” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini “Mustaqillik” MFY hududida oʻkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Departamentning Qorakoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “S.T.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi M.B. xaridorga hech qanday hujjatsiz 20 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 106 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Departamentning Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, “Q.S.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi A.R. hech qanday hujjatsiz 40 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro N.R.ga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 60 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.