Qarorga koʻra, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi.

Bunda quyidagilar:

        • tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobini yuritish shakllari;
        • kitobga kiritiladigan tekshiruvlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ularni kiritish tartibi;
        • kitobni toʻldirish tartibiga rioya qilishni monitoring qilish va uning hisobini yuritish begilandi.

Shuningdek, nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi belgilanib, attestatsiyadan oʻtgan xodimga tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma beriladi.

Bundan tashqari, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonunni buzish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimini ishlab chiqishga doir minimal talablar belgilandi.