“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida boʻlib oʻtayotgan tadbirlar doirasida yoshlarning hayotda munosib oʻrin topishi, kuch va imkoniyatlarni toʻliq ishga solishiga koʻmaklashish maqsadida “motivatsion” uchrashuvlar, ularning mavjud muammolarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida “Sayyor qabul” oʻtkazish, sport musobaqalari, turli koʻrik-tanlovlar, konsert dasturlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Bugun tashkil etilgan sayyor qabulda yoshlar muammolari, ularni oʻylantirayotgan masalalar tinglandi. Shuningdek, qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun Xorazm va Buxoro viloyatlarining diqqatga sazovor joylariga bepul sayohat tashkil etiladigan boʻldi.
Menlimurat Akmuratov pasport olishda yordam soʻrab murojaat qildi. Menglimurat Chimboy tumani “Mayjap” ovul fuqarolar yigʻinida istiqomat qiladi. Oilaviy sharoiti ogʻir boʻlganligi bois pasport olishda amaliy yordam soʻradi. Uning bu murojaati ijobiy yechim topdi.
“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy hamda vatanparvarlik tadbirlari doirasida Nukus shahridagi “Doʻstlik” markaziy maydonida huquqbuzarliklar profilaktikasi, probatsiya, jamoat tartibini saqlash va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlarining faoliyati taqdimotlari namoyish etildi. Konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbir davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasining 4 ta tumanlarida salomatligi yuzasidan muammolari mavjud, nogironligi boʻlgan aholi mutaxassis shifokorlar tomonidan bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Tadbirlar 18-19-sentyabr kunlari ham davom etadi.