Xavfsizlik tizimining muhim tarkibiy qismi

    Harbiy 2 Noyabr 2020 4009

    Sarhadlar xavfsizligi va daxlsizligi, hududiy yaxlitlikni saqlash, tashqi tahdidlar xavfi yuzaga kelganda uni bartaraf etishga shay turish Davlat xavfsizlik xizmati CHegara qo'shinlarining asosiy vazifalari sirasidandir.

    Bugun shiddat bilan o'zgarib borayotgan zamon va harbiy-siyosiy vaziyat mazkur soha vakillari zimmasidagi mas'uliyat yukini bir qadar oshirmoqda. SHulardan eng asosiysi, harbiy sohaga oid ilm-fan yutuqlarini tezda o'zlashtirish, mudom yangiliklarga intilish, izlanishdir.

    O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida “CHegara xavfsizligi – O'zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik tizimining tarkibiy qismi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

    Unda Qurolli Kuchlar tizimidagi oliy harbiy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.

    Ilmiy-amaliy konferentsiyaning maqsadi chegara va davlat xavfsizligini ta'minlash, zamonaviy xavf va tahdidlarni, shuningdek, xalqaro va milliy amaliyotni hisobga olgan holda, O'zbekiston Respublikasining chegara qo'shinlarining tajribasini oshirish bo'yicha amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat bo'ldi.

    Mutaxassislar tegishli mavzular bo'yicha ma'ruza qilib, anjuman yakuniy qarorini qabul qilishdi.

    Mayor Xolmuhammad JO'RABOEV