Aleksandr Beglov uni befarq emasligi, yordamga shayligi va insoniy fazilati uchun mukofotladi.
“Bugun Xayrullo Ibadullaev bilan uchrashdim. Uning jasorati haqidagi voqeani butun shahrimiz biladi. U ish vaqtida, o'z hayotini xavf ostiga qo'ygan holda, derazadan qulab tushgan 7 yoshli bolani ushlab qoldi. O'zi jarohat oldi, ammo bolani ushlab qoldi”, deydi gubernator o'zbekistonlik erkak ko'rsatgan jasorat haqida.
Avvalroq Xayrullo Ibodullaev Shavkat Mirziyoev farmoni bilan “Jasorat” medali bilan, shuningdek, Tigran nomidagi mukofot bilan taqdirlangan edi.