Delegatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova nomzodini qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova yuksak ishonch uchun delegatlar va partiyaning koʻp ming sonli aʼzolariga minnatdorlik bildirdi.
Partiya Saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar muhokama etilmoqda. Qayd etilishicha, dasturda 9 ta yoʻnalish boʻyicha maqsad va vazifalar ilgari surilgan.
Maqsuda Vorisovaning taʼkidlashicha, ijtimoiy tenglik va xalq demokratiyasi mezonlariga mos keladigan davlat va jamiyat barpo etish Xalq demokratik partiyasining bosh maqsadi hisoblanadi.