Xiaomi kompaniyasi birinchi elektromobilini taqdim etdi

    Xiaomi SU7 elektromobilining taxminiy texnik xususiyatlari va ko‘plab dizayn elementlari o‘tgan yili maʼlum bo‘lgan edi. Kompaniya ushbu toifadagi birinchi elektromobilning xususiyatlari va narxini eʼlon qilish uchun taqdimotning yakuniy bosqichini 28 martga qoldirgan edi.

    Xiaomi kompaniyasi 28-mart kuni bo‘lib o‘tgan taqdimotida SU7 elektromobilining texnik xususiyatlari va narxini e'lon qildi.

    Ma'lumotlarga ko‘ra 673 ot kuchiga ega bo‘lgan elektromobilning top versiyasi 0 dan 100 km/s gacha 2.78 soniyada tezlashadi. Quvvat zaxirasi esa 800 km. Elektromobilning narxi 43 ming AQSh dollariga baholanmoqda va uni joriy yilning 3-aprelidan boshlab sotib olish mumkin.