Tomonlar ikki tomonlama munosabatlar, global iqtisodiyot, global barqarorlik va dunyoning eng yirik ikki iqtisodiyoti o‘rtasidagi savdo nizolarini muhokama qilishlari kutilmoqda. Xitoy rasmiylari Trampning Xitoyga tashrif buyurishini rasman tasdiqladi. Bu o‘n yil ichida birinchi marta bo‘ladi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Go Szyakunning so‘zlariga ko‘ra, ikki yetakchi Xitoy-AQSh munosabatlarining asosiy masalalari bo‘yicha "chuqur fikr almashish", shuningdek, tinchlik va global rivojlanish masalalarini muhokama qiladilar. Tramp bilan birga Xitoyga AQShning yirik korporatsiyalari rahbarlari, jumladan Boeing, Citigroup va Qualcomm kelishi mumkin. Muzokaralar ikki mamlakat o‘rtasidagi keskin savdo munosabatlari fonida o‘tkazilishi ta’kidlandi. 2025-yil bahorida Tramp ma’muriyati bir nechta mamlakatlarga katta import tariflarini e’lon qildi, bu esa AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo keskinliklarining yangi to‘lqinini keltirib chiqardi. Bunga javoban tomonlar bir-biriga 100% dan yuqori darajada tariflar joriy qilishdi va o‘tgan yil oktabr oyida Janubiy Koreyaning Pusan shahrida davlat rahbarlari uchrashuvidan so‘ng ba’zi cheklovlar vaqtincha bekor qilindi. Bo‘lajak muzokaralar mamlakatlar o‘rtasidagi savdo bitimini saqlab qolish uchun hal qiluvchi sinov sifatida qaralmoqda.
Xitoy Trampning Pekinga tashrifini tasdiqladi: AQSh va Xitoy rahbarlari nimani muhokama qiladi?
13-15-may kunlari Xitoy raisi Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp Pekinda muzokaralar o‘tkazadilar, deb xabar beradi Sinxua.
O‘zbekistonda 200 kilometr avtomobil yo‘li quriladi va rekonstruksiya qilinadi
- Oʻzbekiston Paraosiyo oʻyinlarida medallar soni boʻyicha ikkinchi oʻringa koʻtarildi
- Til – millat yuragi
- Soliq organining hisobvaraqalar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatish qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin
- Samarqanddagi xalqaro sammit haqida mulohazalar
- Raqamli makonda moliyaviy xavfsizlik
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.